Chinoz_tumani
2026-03-31 09:00:00 / Uchrashuvlar
Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida qabul o‘tkazdi.
Qabulda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Bu esa murojaatlarni tezkor va samarali hal etish imkonini berdi.
Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi.
