Chinoz_tumani
2026-04-02 10:00:00 / Uchrashuvlar

Chinoz tumani Majburiy ijro bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda IIB probatsiya bo‘limi mas’ul xodimlari hamkorligida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida 2026-yil 2-aprel kuni “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Tadbir Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi binosida tashkil etilib, unda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yarmarkada 6 ta korxona va tashkilot tomonidan 80 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Unda 32 nafar ishsiz aliment to‘lovchi fuqarolar va probatsiya nazoratidagi 15 nafar shaxslar, jami 47 nafar ishsiz fuqarolar qatnashdi.
Tadbir davomida 16 nafar fuqaro o‘ziga mos ish o‘rinlari bilan tanishdi, 5 nafar fuqaro ishga yo‘naltirildi, 7 nafar fuqaro esa qayta kasb-hunar o‘rganish istagini bildirdi.
