“Yer vaqti” kuni munosabati bilan bugun Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligida "Sayyoramiz soati" aksiyasi oʻtkazildi.
2025-03-26 18:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur aksiyadan maqsad, tabiiy resurslarni asrash orqali sayyoramizga gʻamxoʻrlik koʻrsatishdir.
Maʼlumot uchun: ushbu tadbir 2007-yilda Jahon Yovvoyi tabiat fondi (WWF) tomonidan tashkil qilingan boʻlib, tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini oʻchirib qoʻyishga chaqiradi. “Yer soati” har yili xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan yirik ekologik aksiya hisoblanadi. Bunda hattoki butun dunyo boʻylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham oʻchiriladi.