Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining matbuot kotibi tayinlandi
2025-03-19 15:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Alimova Gulnoza Baxshilloyevna Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining matbuot kotibi – Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi.
G. Alimova tayinlovga qadar Xalq bankining Bank brendi va axborot xizmati rahbari – Boshqaruv Raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro jurnalist, jamoatchilik bilan aloqalar eksperti. Jurnalistika sohasida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PHD).
O‘z sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo'lib, mamlakatimizning yetakchi OAVda muharrirlik, davlat tashkilotlarida axborot xizmati rahbari lavozimlarida ishlash barobarida, jurnalistlar malakasini oshirishda mediatrener sifatida ham faoliyat yuritgan. OTM jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar yo'nalishi talabalariga 10 yildan buyon tahsil berib kelmoqda.
Аlimova Gulnoza Baxshilloyevnani masʼuliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!