Huquqbuzarliklarni oldini olish masalalari muhokama qilindi
2025-02-26 19:15:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda 2024-yil davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar, kiberxavfsizlik yo‘nalishida sodir etilgan jinoyatlar holati muhokama qilindi.
Unda Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi mas’ullarining axborotlari tinglandi.
Muhokama jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi yo‘nalishida muayyan kamchiliklar, o‘z yechimini kutayotgan masalalar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Ma'lumot uchun:
2024-yil davomida Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan mehnatga layoqatli shaxslarning 1 759 nafari ishga joylashtirildi.
Shuningdek, profilaktik hisobda turgan 9 848 nafar xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashildi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlandi.