Andijonda loyihalar yarmarkasi hamda uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-02-26 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Andijon shahar hokimligida loyihalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri birinchi o‘rinbosari, Markaziy bank raisi o‘rinbosari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.
Yarmarka doirasida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari tinglandi. Shuningdek, mikroloyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi, ishtirokchilarga imtiyozli kreditlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida tashkil etildi.