Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Buxoro viloyatida tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi
2025-02-26 12:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov Buxoro viloyatida tashkil etilgan "Aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish" mavzusidagi ko'rgazmali seminarda ishtirok etib, ayni yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Seminar ishtirokchilari dastlab Peshku tumanida boʻlib, dehqonchilik qilish istagida boʻlgan aholiga ajratib berilgan yer maydonlari va u yerda mahsulot yetishtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Romitanlik tadbirkor Azim Rustamov tomonidan 5 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda sabzavot va poliz ekinlarining koʻchatlari hamda pomidor, bodring yetishtirilmoqda. Issiqxonada 12 nafar ishchining doimiy bandligi taʼminlangan.
Ishtirokchilar Buxoro tumanidagi “Buxoro Varnet” qoʻshma korxonasida ham bo‘ldi. Bu yerda qishloq xoʻjaligi texnikalari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, koʻchatlar, kambagʻal oilalarga uzoq muddatli kredit asosida beriladigan mahsulotlar taqdimoti oʻtkazildi.
Seminar doirasida hududlardagi loyihalarni o'rganish jarayonlari davom etmoqda.