Ijtimoiy tarmoqlarda:
2025-01-27 13:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Eriell kompaniyasining obyektlarida ishlovchi xodimlarga toʻrt oydan beri oylik maosh toʻlanmayotgani, xodimlarning mehnat huquqlari qoʻpol ravishda buzilayotgani;
“SANEG” kompaniyasi tizimida ishlovchi xodimlarning oylik maoshi 2024-yilning oktyabr oyidan beri berilmayotgani;
“Yoshlar” telekanali xodimlarini qisqartirish munosabati bilan ishdan boʻshatish boshlangani;
Savdo-sanoat palatasi xodimlaridan qisqartirish kelgani aytilgani holda ishdan boʻshash toʻgʻrisida majburan ariza yozdirib olinayotgani;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari M.Joʻrayev rahbarligida 25-yanvar dam olish kuni soat 17:00da ogʻir toifaga kiritilgan 71 tumanda faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari uchun videoselektor yigʻilishi oʻtkazish rejalashtirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Yuqoridagi holatlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirlig hamda Toshketn shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilamiz.