Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi
2024-11-21 11:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.
Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak.