“Mehnatni muhofaza qilishga oid ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
2024-10-30 15:45:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga oid ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Ushbu qaror loyihasi bilan:
- “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”;
- “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risida”;
- “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”;
- “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi nizomlar tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.
Mazkur qaror loyihasi ID-2087 raqam bilannormativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlabchiqish va kelishishning yagona elektron tizimi(loyiha.adliya.uz) orqali jamoatchilik muhokamasiga kiritildi.
Shu munosabat bilan, barcha soha mutaxassislari va keng jamoatchilik ushbu loyiha yuzasidan o‘z takliflarini berishlari mumkin.