“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatdi...
2024-10-30 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari
2023-yil 13-sentyabr kuniga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali Zangiota tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan fuqaro I. Nugmanov o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi noqonuniy bekor bo‘lganligini va ishga qayta tiklash hamda bekor turib qolgan davr uchun kompensatsiya pullarini undirib berish yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga murojaat yo‘llagan.
Mehnat inspeksiyasi tomonidan Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilganlik holati o‘rganilganda, ish beruvchi tomonidan Mehnat kodeksining bir nechta (25, (https://lex.uz/uz/docs/6257288#6257976) 157, (https://lex.uz/uz/docs/6257288#6261516) 160, (https://lex.uz/uz/docs/6257288#6261538) 164, (https://lex.uz/uz/docs/6257288#6261612) 171, (https://lex.uz/uz/docs/6257288#6261717) 234) (https://lex.uz/uz/docs/6257288#6263207) moddalari talablari buzilganligi aniqlanib xodimning Mehnat huquqlari tiklandi.