Korxona va tashkilotlar diqqatiga
2024-10-29 14:15:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan “Ishonch telefon”lar orqali kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaat qilishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini o‘z vaqtida, sifatli taqdim etilishini taʼminlash maqsadida“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ular bilan ishlashni tashkil etish uchun Call-markaz sifatida faoliyat yurituvchi korxonalarni tanlash rejalashtirilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xaridlar byudjetini aniqlash uchun 2024-yil 10-noyabr soat 12:00 ga qadar ilovalarda keltirilgan talablarga muvofiq tijorat takliflarini QQSni hisobga olgan holda invest@bv.gov.uz elektron manziliga yo‘naltirishingizni so‘raymiz.
Tijorat takliflari taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun davomida amal qilishi lozim.