Paxta dalalarida terimchilarga yaratilgan sharoitlar
2024-10-10 12:50:00 / Vazirlik yangiliklari
⚡️Paxta dalalarida terimchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi hamda AQSHning "O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish"loyihasi xodimlaridan iborat ishchi guruh hududlarda bo‘ldi.
Ular Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi "O‘rinboy hoji" fermer xo‘jaligi va Chinoz tumani "Muqumiy" fermer xo‘jaliklaridagi terimchilar bilan suhbatlashib, paxta terimi mavsumidagi tashkiliy ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
🔴Bo‘ka tumanida 170 gektar maydonda g‘o‘za ekilgan bo‘lib, kunlik terim 6 tonna atrofida.
🔴Chinoz tumanidagi "Muqumiy" fermer xo‘jaligining 80 gektar ekin maydoni bor, gektardan o‘rtacha 3 tonnadan xosil olinyapti.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan monitoringlar davom ettirilmoqda.