O‘zbekistonda kasblarni xalqaro sertifikatlashtirish tizimi joriy etiladi
2024-09-21 23:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Turkiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Malakalarni rivojlantirish tashkiloti rahbari Mustafa Nejmi Ilhan bilan O‘zbekiston - Turkiya malakalarni baholash markazini tashkil qilish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.
Vazirlik taklifiga ko‘ra mehmonlar 4 kun davomida Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamda Kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyatini o‘rgandi. O‘rganishlardan kelib chiqib Turkiyaning ilg‘or tajribasi asosida O‘zbekistonda malakalarni baholash va kasb-hunarlarni sertifikatlash tizimni joriy etish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Malakani baholash nima beradi?
▪️Qo‘lida kasb-hunari bor hamyurtlarimiz shu yerning o‘zida Yevropa davlatlarida tan olingan xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritadi.
▪️Xorijga tayyor mutaxassis sifatida ishga boradi.
🔴Bugungi kunda Turkiyada 270 ta kasbiy malakani baholash markazi faoliyat yuritmoqda, 911 ta malaka standarti joriy qilingan, 200 dan ortiq kasblar majburiy sertifikatlanadi.