Asosiy kontentga o'tish

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirdi.

2024-09-17 11:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Mavsum davomida terimchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish hamda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik borasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan alohida ishchi guruhlari shakllantirilib, o‘rganishlar olib borilyapti.

Hurmatli yurtdoshlar!

Paxta mavsumida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish yuzasidan savollar tug‘ilsa yoki majburiy mehnat holatlariga guvoh bo‘lsangiz Davlat mehnat inspeksiyasining 1282 qisqa raqamiga yoki @munosibmehnat_bot telegram botiga murojaat qiling.

Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

92