Olimpiadachilar vazirlikda
2024-08-29 22:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari Ulug‘bek Rashitov, Svetlana Osipova hamda ularning murabbiylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston taekvondo bo‘yicha birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida 2 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek Rashitov ushbu sport turida eng yosh toifada ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi. Svetlana Osipova esa ayni yo‘nalishda birinchi kumush medalni egallab, ayollar sporti tarixida yangi sahifa ochdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi sportchilar hamda murabbiylarni tarixiy g‘alaba bilan tabriklab, ularga sovg‘alarni topshirdi.