Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Buxoro viloyati komissiyasining 2024-yildagi faoliyati yakunlari tahlil qilinib, kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab olindi
2025-02-05 19:15:00 / Yangiliklar
![Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Buxoro viloyati komissiyasining 2024-yildagi faoliyati yakunlari tahlil qilinib, kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab olindi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F13d73dc5-63cf-e40c-cea1-489a758cfc80_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Respublikamizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasining barvaqt oldini olish, aholida ularni iste’mol qilishga nisbatan “immunitet”ni shakllantirish orqali genofondimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, giyohvandlikka chalingan bemorlarni jahon tajribasidan kelib chiqib, tibbiy-davolanish tizimini tashkil etish sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berildi.
Belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil qilish, fevral oyida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbirlar oyligini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida bugun, 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ullari boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil qilindi.
Yig‘ilishda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Buxoro viloyati komissiyasining 2024-yildagi faoliyati yakunlari tahlil qilinib, kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.
Shu bilan birga, fevral oyida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbirlar oyligini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ullari tomonidan shu kunning o‘zida Buxoro shaahridagi umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Milliy gvardiyaning maktablardagi psixolog-inspektorlari bilan uchrashuvi, oliy ta’lim muassasalari talabalar yotoqxonalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.
Milliy markaz mas’ullari tomonidan targ‘ibot tadbirlari belgilangan grafik asosida 6 fevral kunida ham tashkil qilinishi rejalashtirilgan