“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi: vazir oʻrinbosari Buxoro tumanidaги mahallalarda boʻldi
2025-02-04 19:20:00 / Yangiliklar
![“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi: vazir oʻrinbosari Buxoro tumanidaги mahallalarda boʻldi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F94e5e9b5-e496-76d0-5f98-b54b0b1d141d_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Mazkur huquqiy hujjatlarga muvofiq, mamlakatimizda eng ogʻir ahvoldagi mahallalar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari shayligini taʼminlash, qiyin sharoitda yashayotgan oilalarni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida respublika darajasidagi davlat tashkilotlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari hududlarga masʼul sifatida biriktirilgan. Shu nuqtayi nazardan, respublika Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari Samandar Saʼdullayev viloyatimizning Buxoro tumanidagi “Bogʻidasht”, “Dilobod Zafarobod”, “Qoʻshxodim”, “Rabotiqalmoq” va “Soʻfikorgar” MFY larida bajarilishi zarur boʻlgan loyihalar uchun tashkilotchi sifatida biriktirilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur 5 ta mahallada ayni kunda jami 6557 ta oila umrguzaronlik qilayotgan boʻlib, shundan ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oila soni hozirda 373 tani yoki aholi sonining 6 foizini tashkil etmoqda. Bajariladigan ishlar, aholiga yaratib beriladigan shart-sharoit qatorida ichki xoʻjaliklararo oʻtgan ariqning 14 ming metr qismi oʻzanini betonlashtirish, mahallalarga 10 ta elektr transformator punktini oʻrnatish, shuningdek, tarmoqda 41 ming metr uzunlikdagi SIP elektr kabelini tortish, eskirib yaroqsiz holga kelgan simyogʻoch oʻrniga 827 ta beton-tayanch ustunni oʻrnatish kabi chora-tadbirlar belgilangan.
Respublika Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Samandar Saʼdullayev viloyatimizdagi xizmat safari davomida Buxoro tumanida boʻlib, mazkur 5 ta MFY lari “yettiligi”, masʼullar bilan uchrashdi. Yuqoridagi farmon hamda qaror talablaridan kelib chiqib, Buxoro tumanidagi mahallalarda yangilanayotgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari shayligi uchun umumiy qiymati 15 milliard 427 million soʻm mablagʻ moliyalashtirilgani, bu boradagi chora-tadbirlarni kechiktirmasdan, tez surʼatda va sifatli ado etish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda kambagʻal oilalar aʼzolari bandligini taʼminlash, nogironligi boʻlgan fuqarolarga yashash xonadonida issiqxona va parrandachilik yoʻnalishlarida daromad manbalarini yaratish, ularga bank imtiyozli kreditlarini berish orqali tadbirkorlikka jalb qilish choralari izlandi. Qolaversa, joriy yilda mazkur MFY larida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mavjud tomorqa ekin yerlarini sugʻorishni yaxshilash, nasos va boshqa gidroinshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati