Tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlarga “Prezident sovgʻasi” ulashildi
2024-12-25 21:35:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazida uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun "Mehrli maktab"ning yangi filiali faoliyati yoʻlga qoʻyilganiga koʻp boʻlmadi. "Mehrli maktab" infratuzilmasi oʻziga xos tibbiy talablarni hisobga olgan holda yaratilgan, maktab gipoallergen uskunalar, mebel va texnika bilan jihozlangan. Taʼlim jarayonida raqamlashtirilgan darsliklardan foydalanilmoqda.
Mashgʻulotlar boshlanishidan oldin pedagoglar "Mehrli maktab"ning jajji oʻquvchilariga har bir bolaning salomatligini hisobga olgan holda individual taʼlim dasturlarini taklif qilishga tayyor boʻlish uchun maxsus treningdan oʻtdilar. Darslar nafaqat anʼanaviy fanlarni, balki ijodiy mashgʻulotlarni ham oʻz ichiga oladi, bu esa oʻquv jarayoni qiziqarli va xilma-xil boʻlishiga yordam beradi.
Bugun viloyat hokimining oʻrinbosari Baxtiyor Adilov, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Elyor Oltiyev, Ijtimoiy himoya miliy agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Umid Umarovlar tomonidan Buxoro shahridagi koʻp tarmoqli bolalar kasalxonasida tashkil etilgan “Mehrli maktab”da taʼlim olayotgan yigirmaga yaqin bolajonga ham “Prezident sovgʻa”lari tantanali ravishda topshirildi.
Eʼtirof va yoʻqlovga javoban bolajonlar mehmonlarga Yangi yil, qish va Qorbobo haqidagi sheʼr va qoʻshiqlarini ijro etdilar.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati