Ijro intizomi
Tuman hokimligi ish yuritish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi PF–76-son Farmoni talablari asosida ishlar tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari, viloyat hokimligi topshiriqlari, tuman hokimligiga kelib tushgan xizmat xatlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida ro‘yxatga olinib, ijro uchun yo‘naltirilmoqda.
Shuningdek, ijro intizomini ta’minlash maqsadida topshiriq va murojaatlar ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib borilib, mas’ul ijrochilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bo‘yicha muntazam ravishda ogohlantirishlar berib kelinmoqda.
