Hokimiyat haqida

Bo’ston tumani haqida
Boʻston tumani (Boʻz tumani) — (1950-2019—yillarda — Boʻz tumani) Andijon viloyatidagi tuman.1950-yil 5-aprelda tashkil etilgan.1962 yil 24-dekabrda Shahrixon tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. 2019-yil 30-sentyabrda Boʻz tuman nomi Boʻston tumani deb oʻzgartirilgan. Boʻston tumani shimol, shimoli-gʻarbda viloyatning Ulug’nor tumani, shimolda Baliqchi tumani, sharqda Shahrixon tumani, janubi-gʻarbda Farg’ona viloyatining Yozyovon, janubda Qo’shtepa tumani, janubi-sharqda Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni — 0,20 ming km2. Bo’ston tumani ma’muriy-hududiy tarkibiga 1 ta shaharcha va 25 ta mahalla fuqarolar yig‘ini kiradi. Jumladan, Guzar, Pillakor, Bo‘ston, Madaniyat va boshqa mahallalar mavjud. Tuman markazi — Bo’ston shaharchasi.
Aholisi
Bo’ston tumani aholisi 81,3 ming kishini tashkil etadi. Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil qiladi. Shuningdek, hududda ruslar, tatarlar, qirg‘izlar, tojiklar hamda boshqa millat vakillari istiqomat qiladi.
Milliy tarkibi:
- o‘zbeklar — 93,9 %
- qirg‘izlar — 3,6 %
- tojiklar — 1,0 %
- ruslar — 0,3 %
- tatarlar — 0,2 %
- boshqa millatlar — 1,0 %
Aholi zichligi har bir kvadrat kilometrga 381 kishidan to‘g‘ri keladi.
Tabiati
Tuman hududi asosan tekisliklardan iborat bo‘lib, ko‘chma qum tepalari ko‘p uchraydi. Iqlimi keskin kontinental hisoblanadi.
Yanvar oyining o‘rtacha harorati −4 °C, iyul oyiniki esa 24–28 °C ni tashkil etadi. Yiliga o‘rtacha 200–300 mm yog‘in yog‘adi. Vegetatsiya davri 220 kun davom etadi.
Tuman xo‘jaliklari Katta Farg’ona, Katta Andijon kanalidan va Shahrixonsoydan suv bilan ta’minlanadi. Tuprog‘i asosan bo‘z va qumoq tuproqlardan iborat bo‘lib, dehqonchilik uchun qulay hisoblanadi.
Bog‘lanish ma’lumotlari
Manzil: Bo’ston tumani, Pillakor mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 51-uy
Telefon: (+998 74) 333-11-42
Ish vaqti: Dushanba — Shanba
Soat: 09:00 dan 18:00 gacha
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Mo‘ljal: Tuman markazi
