“Kibarmadaniyatni yuksaltiriş oyligi” ötkazilmoqda.
2026-11-11 10:10:00 / Ogohlantirish

Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda, axborot almaşinuvi va ma’lumotlar yetkazişda qulay vosita hisoblanadi.
Biroq, axborot texnologiyalari vositalaridan ayrim fuqarolar tomonidan ğarazli niyatlarda foydalaniş holatlari fuqarolarimizning kiberjinoyat qurboni bölişiga olib kelmoqda.
Xususan, internet firibgarligi, şaxsiy ma’lumotlarni öğrilaş, bank kartalaridan pul mablağlarini talon-toroj qiliş holatlari fuqarolarimizning mol-mulki va şaxsiy ma’lumotlari xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Fuqarolarning kibergigiyenasini oşiriş maqsadida, viloyatimiz hududida noyabr oyi davomida “Kibarmadaniyatni yuksaltiriş oyligi” ötkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Sönggi vaqtlarda kiberfiribgarlar özlarini bank, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, davlat taşkilotlari xodimlari sifatida taniştirib, fuqarolarning işonçiga kiriş orqali bank kartalariga oid ma’lumotlarni qölga kiritişga urinmoqda.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta xabarlar, şubhali havolalar, oson daromad topiş, moddiy yordam, sovrin yoki mukofot yutib oliş haqidagi yolğon takliflarni tarqatiş orqali fuqarolarning pul mablağlarini özlaştiriş holatlari uçramoqda.
Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida Siz aziz fuqarolardan kibarmadaniyat qoidalariga qat’iy rioya qilişingizni söraymiz:
-
Telefon raqamingizga kelgan SMS-kodlarni (tasdiqlaş kodlari) va maxfiy ma’lumotlaringizni heç kimga bermang.
-
Ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan şubhali (APK-fayllar) havolalarni bosmang.
-
Şubhali qönğiroqlarga javob bermang.
-
Onlayn savdolarda oldindan tölov qilmang hamda «pulingizni köpaytirib beraman» deb soxta treyding faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxslarga aldanib qolmang.
-
Telefoningizda saqlanayotgan şaxsiy ma’lumotlaringiz va ijtimoiy tarmoqlaringizni himoya qilişda kuçli parol tizimidan foydalaning.
Ҳurmatli fuqarolar, kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş nafaqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning, balki barçamizning burchimizdir!
