BÖSTON TUMANIDA FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA PROFILAKTIK TADBIRLAR ÖTKAZILDI
2026-11-07 08:15:00 / Tadbirlar

Mazkur oylik doirasida Böston tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tomonidan Obod mahallasida köp qavatli uylarda istiqomat qiluvçi aholi örtasida profilaktik tadbirlar taşkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarga isitiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan yonğinlar, is gazidan zaharlaniş, havo-gaz aralaşmasining çaqnaşi va portlaşi kabi favqulodda vaziyatlarning oldini oliş böyiça tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, zilzila sodir bölganda töğri harakatlaniş tartibi, is gazi daçiklari va yonğin signalizatsiyalaridan foydalaniş qoidalari, birlamçi yonğin öçiriş vositalarini töğri qöllaş, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalaniş yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
🧯 Asosiy maqsad — aholi xavfsizligini ta’minlaş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda fuqarolarning bu boradagi bilim va könikmalarini oşirişdan iborat.
Böston tumani hokimligi Matbuot xizmati




