Diqqat, FVB ogohlantiradi!
2026-10-28 09:00:00 / Ogohlantirish

Assalomu alaykum, Bo‘ston tumani fuqarolari va mehmonlari!
Kuz-qish mavsumi yaqinlashishi bilan isitish moslamalari, gaz uskunalari, pechlar va elektr jihozlaridan foydalanish hajmi ortadi. Ulardan noto‘g‘ri foydalanish, texnik nosozliklarga beparvo qarash hamda oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik yong‘in, is gazidan zaharlanish va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu munosabat bilan oylik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi:
-
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p kvartirali uylar hamda xonadonlarning mavsumga tayyorgarlik holatini to‘liq o‘rganish
-
Mahalla yettiligi va tegishli soha xizmatlari hamkorligida uyma-uy yurib, mavjud nosozliklarni joyida aniqlash va bartaraf etish
-
Aholiga yong‘in, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi holatlarida to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini tushuntirish
-
Ko‘p qavatli uylardagi isitish qozonlari, dudburonlar, shamollatish kanallari va gaz uskunalarining texnik sozligini nazoratdan o‘tkazish
-
Maktab, bog‘cha, shifoxona va ayniqsa kechayu kunduz fuqarolar bo‘ladigan maskanlarda yong‘in xavfsizligi talablarini kuchaytirish
-
Korxona va tashkilotlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari hamda tushuntirish ishlarini tashkil etish
Hurmatli yurtdoshlar!
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda zudlik bilan 112 yagona dispetcherlik xizmatiga yoki 101 va 1050 qisqa raqamlariga xabar bering.
Xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
Bo‘ston tumani hokimligi matbuot xizmati
