Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2026-10-15 09:00:00 / Yoshlar kuni

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Bo‘ston tumani hokimligi huzurida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtab tomonidan «mahallabay» ishlash tizimini samarali tashkil etish hamda ijtimoiy daftarlar doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shtab faoliyati doirasida fuqarolarni doimiy va mavsumiy daromad manbalari bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini oshirish hamda mikroloyihalarni ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, aholining haqiqiy ehtiyojmand qatlamini aniqlash, ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning manzilliligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sektor rahbarlarining mahallalar bilan uzviy hamkorligini kuchaytirish ustuvor vazifalar etib belgilangan.
Ayni paytda tumanda har bir mahalla kesimida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hozirda Shtab rahbari, tuman hokimi S. Nosirova murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, ularning hujjatlari bilan tanishmoqda.
Asosiy maqsad — Bo‘ston tumanini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, aholi daromadlarini oshirish va oilalar farovonligini ta’minlashdan iborat.



