“Payshanba — Yoshlar kuni”: yoshlar bandligi va muammolariga amaliy yechimlar
2026-10-08 10:00:00 / Yoshlar kuni

Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Nosirova yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlari, takliflari hamda bandlik masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, ishga joylashish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
Uchrashuvning o‘zida 4 nafar yosh bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilindi. Shuningdek, boshqa murojaatlar ham o‘rganilib, yoshlarga kasb-hunar kurslari, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.








