📢📢📢📢📢 E'lon
2026-09-28 09:30:00 / Yangiliklar
BO'STON TUMANI AHOLISI DIQQATIGA!
🌐 Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun Bo'ston tumanida “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda!
📌 Tadbirda Migratsiya agentligi Andijon hududiy filiali, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijiy va mahalliy bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etiladi. Yarmarkada Germaniya, Yaponiya, Rossiya, Bolgariya, Ruminya, Latviya, Slovakiya hamda boshqa davlatlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, viloyat hududidagi mahalliy vakansiyalar fuqarolar e’tiboriga havola etiladi. Ishtirokchilarga qonuniy va xavfsiz mehnat migratsiyasi, xorijda ishlash tartiblari hamda ishga joylashish jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.
Shuningdek, fuqarolar o‘zlariga mos ish o‘rinlarini tanlash, mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish, xorijda ishlash dasturlariga oid savollariga javob olish hamda dastlabki ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🗓 Sana: 2026-yil 30-sentyabr
⏲️ Vaqt: 10:00
📍Manzil: Bo'ston tumani markazi
Xorijda ishlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Kelajagingiz sari muhim qadamni bugundan boshlang.

