sessiya
2026-09-08 09:55:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Kengash raisi M. To‘ychiyeva olib bordi.
Sessiya kun tartibidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, suv xo‘jaligi, mahallalar faoliyati hamda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashga oid qator muhim masalalar o‘rin oldi.
Sessiyada:
— «Aql markazi – hokimlik – Xalq deputatlari Kengashi» hamkorligi doirasida ishlab chiqilgan «yo‘l xaritalari»da belgilangan takliflarning tumanda amalga oshirilishi;
— 2026-yil 2-mavsumda «Ochiq budjet» axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;
— axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ishlar;
— kuz-qish (novegetatsiya) davrida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlari, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari;
— umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarini oliy ta’limga tayyorlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, professional ta’limga qamrab olish va ularning bandligini ta’minlash;
— mahallalarda aholi bilan ishlash, fuqarolar muammolarini aniqlash va hal etish hamda «Mahalla yettiligi» faoliyatini muvofiqlashtirish;
— kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarni oshirish;
— aholiga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
— Bo‘ston tumanidagi 646 ta geografik obyektni (ko‘cha) nomlash va qayta nomlash masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari eshitilib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.
Muhokamalar yakuni bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.










