MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA YANGI SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-08-29 11:40:00 / Ochilish

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA YANGI SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Bo‘ston tumanida hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Pillakor MFY hududidan oqib o‘tgan ND-2 ochiq zovur tadbirkor Sardorbek Rasulov tashabbusi bilan yopiq drenaj tizimiga o‘tkazilib, uning ustida 40 metr uzunlikdagi zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi barpo etildi.
Mazkur majmuada aholiga qulaylik yaratish maqsadida go‘zallik saloni, muzqaymoq xonasi hamda ovqatlanish kafesi tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, ushbu loyiha doirasida 6 ta yangi ish o‘rni yaratilib, mahalla aholisi uchun qo‘shimcha bandlik imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
Yangi maskanning foydalanishga topshirilishi hududning zamonaviy xizmat turlarining ko‘payishiga hamda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.






