SESSIYA 25
2026-08-21 13:05:00 / Yangiliklar
Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidan qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, yoshlar siyosati, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqarorlik va “Yashil makon” loyihasi ijrosi kabi muhim masalalar o‘rin oldi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalarini yo‘naltirish masalalari ham muhokama qilindi.
Sessiyada mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglanib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.










