FUQAROLAR QABULI
2026-08-20 12:30:00 / Yangiliklar
Bo‘ston tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Nosirovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglandi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni ijro etish uchun aniq muddatlar belgilandi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.






