Mehnat yarmarkasi
2026-05-19 10:25:00 / Yangiliklar
E’LON
BALIQCHI TUMANIDA FAOLIYAT YURITUVCHI BARCHA KORXONA VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!!!

Baliqchi tuman hokimi J.Abdurayimovning topshirig‘iga asosan Baliqchi tumani Iftixor MFYda joylashgan “1-son texnikumi” binosida joriy yilning 21-may “Yoshlar kuni” munosabati bilan soat 9:00 da bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirda barcha ish beruvchi tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda kelgusida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari bilan ishtirok etishlari talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida taklif etilgan tumanda faoliyat yurituvchi sub’yektlarni ro‘yxatga olish soat 8:50 ga qadar davom etadi.
Manzil: Iftixor MFY Chinobod Olmbek yo‘nalishida
