Mahalliy budjet 1- chorak
2026-05-15 17:00:00 / Ochiq ma`lumotlar
XALQ DEPUTATLARI BALIQCHI TUMANI KENGASHINING Q A R O R I 2026-yil 30-aprel VII-14-27-1-18-K/26 Baliqchi tumani Baliqchi tuman mahalliy byudjetining 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish, tuman mahalliy byudjetidan moliyalashtiriluvchi byudjet muassasa va tashkilotlarining 2026-yil I-chorakda 1-2-4-guruh xarajatlaridan bo‘sh (vakant) shtatlar hisobiga maqbullashtirilgan mablag‘larni 2026-yil 4-guruh xarajatlariga yo‘naltirish hamda 2026-yil I-chorak davomida tasdiqlangan byudjet parametrlarining 1-2-4-guruh xarajatlar rejasiga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 27-, 148-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24–moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi QAROR QILADI : 1. Baliqchi tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2026-yil 31-martdagi 32-sonli xati ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Baliqchi tuman mahalliy byudjetining 2026-yil I-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘lari 2 mlrd 844 mln (ikki milliard sakkiz yuz qirq to’rt million)so‘mni tashkil etganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Tuman mahalliy byudjetining “2026-yil I-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag‘larini maqsadli va manzilli sarflanishi bo‘yicha” taklifi ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasiga asosan tuman mahalliy byudjetining 2026-yil I-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan 1-ilovaga muvofiq mablag‘lar ajratilsin. 5. Tuman mahalliy byudjetidan moliyalashtiriluvchi byudjet muassasa va tashkilotlarining 2026-yil I-chorakda 1-2-4-guruh xarajatlaridan bo‘sh (vakant) shtatlar hisobiga iqtisod qilinishi kutilayotgan maqbullashtirilgan mablag‘larni 2026-yil 4-guruh xarajatlariga yo‘naltirish hamda 2026-yil I-chorakda 1-2-4- guruh xarajatlar rejasiga kiritilgan o‘zgarishlar hisobi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari (M.Raxmonov) O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablari asosida tuman mahalliy byudjetining tasdiqlangan parametrlariga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlarni kiritsin. 7. Mazkur qaror ijrosining ta’minlash tuman hokimining birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (U.Abduvaliyev) zimmasiga yuklatilsin. 8. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Z.G’offorov) zimmasiga yuklatilsin. 9. Mazkur qaror imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Kengash raisi SATTAROV SHOYADBEK MAMADAMINOVIC
