Andijon viloyati Baliqchi tumanida 2026-yilning aprel oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil et
2026-05-14 13:45:00 / Ochiq ma`lumotlar
Baliqchi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Baliqchi tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2026-yilning aprel oyida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 ta (9 ta Farmon, 21 ta qarori) hujjatlarida 293 ta topshiriqlar kelib tushgan.
Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan. Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 293 tasi barchasi bajarilgan.
Shu jumladan, joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 101 ta, Administrasiya rahbari hujjatlarida 2 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 67 ta, viloyat tashkilot, korxona va boshqarmalaridan 61 ta, tuman tashkilotlaridan 32 ta topshiriqlari bajarilishi belgilangan bo‘lib, mazkur topshiriqlarning belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash choralari ko‘rildi.
Ta’kidlash lozimki, viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Haftaning har dushanba kuni tuman hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, taalluqli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, tuman tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 2026-yilning o`tgan 4 oyi davomida 7 ta tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘tkazilgan tahlillar, muhokamalar va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarmaslik va ijrosini kechiktirish holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun tuman hokimligi hamda tegishli tuman tashkilotlarining 1 nafarhodimlari kelgusida bunday holatlarga yo'l qo'ymasliklari uchun intizomiy chora ko`rildi qat'iy ogoxlantirildi.
Tuman hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘lik va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.
