Hokim va yoshlar muloqoti
2026-05-14 10:00:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuvda mahalla yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bevosita tuman hokimiga yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ochiq muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar va ta’lim yo‘nalishlarida yaratilayotgan imkoniyatlar, sport va madaniy tadbirlarni kengaytirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar o‘z fikr va tashabbuslarini erkin bildirdilar.
