Sarnovul mahallasi: agrar qishloqdan sanoatlashgan hudud sari
2026-02-04 15:00:00 / Yangiliklar
Bugun Sarnovul mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va islohot ishlari amalga oshirilmoqda.
Ilgari asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hudud bosqichma-bosqich sanoatlashgan, iqtisodiy salohiyati yuksak mahallaga aylanib bormoqda.

Ayni paytda mahalla hududida qator muhim investisiya va tadbirkorlik loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, sport jihozlari tayyorlash korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, parrandani so‘yish, qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan zamonaviy majmualar tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, biomembranali xovuzlar asosida forel baliq yetishtirish, limonchilikni rivojlantirish hamda farmasevtika sohasidagi ishlab chiqarish loyihalari ham amalga oshirilayotgani hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga xizmat qilmoqda. Ushbu loyihalar yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb этади.
