Baliqchilikda zamonaviy yondashuv
2026-12-01 00:00:00 / Yangiliklar

Shu bilan birga, jamiyatda superintensiv uslubda baliq boqish loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha doirasida 4 ta xovuzda sazan, 6 ta xovuzda esa forel balig‘i parvarishlanadi.
Mutaxassislar ma’lumot berishicha, 2 gektar maydonda superintensiv usuli qo‘llanilib, samaradorlik jihatidan 100 gektar maydonda polikultura uslubida yetishtirilgan baliqqa teng hosil olish imkoni mavjud. Baliqlar avtomatlashtirilgan tizim orqali oziqlantiriladi.
Loyihaning eng muhim jihati — suv tejamkorligi. Kislorodga to‘yintirilgan suv dastlab forel baliqlari uchun, keyin maxsus lotoklar orqali sazan baliqlariga yo‘naltiriladi. Yakunda esa minerallarga boy suv qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda foydalaniladi.
Mazkur loyihani joriy yilning birinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan.
