Baliqchi tumanida yana bir yirik sanoat infratuzilmasi — yangi sanoat markazi qurilishiga rasman start berildi.
2026-01-28 00:00:00 / Yangiliklar

Mazkur sanoat markazida quyidagi yo‘nalishlarda ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan:
• farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish;
• 25 turdan ziyod salqin ichimliklar tayyorlash;
• mato to‘qish va bo‘yash ishlab chiqarishi;
• trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish;
• zamonaviy isitish qozonlari tayyorlash.
Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abdurayimov hududga borib tadbirkorlar bilan muloqot qildi hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish istiqbollari, aholi bandligini ta’minlash hamda loyihalarni bosqichma-bosqich ishga tushirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, infratuzilmani yaxshilash va loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

