Prezidentimiz tashabbusi amalda
2025-11-16 10:25:00 / Yangiliklar
Yetti iqlim parrandalari Baliqchida paravarish qilinmoqda

Baliqchi tumanidagi “Sortepa rivoji” fermer xoʼjaligining dala chetlarida tovuq, oʼrdak hamda baliq boqish ishlari yoʼlga qoʼyilgan. Eʼtiborlisi, parrandalar dunyoning turli iqlim hududlaridan moslashuvchan zotlar sifatida olib kelinib, mahalliy sharoitda parvarishlanmoqda.
Bu tashabbus fermer xoʼjaligida istiqbolli ish oʼrinlarini yaratish, ichki bozorni sifatli parranda mahsulotlari bilan taʼminlash hamda hududda qishloq xoʼjaligining eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.





