🎁 YANGI YIL ARAFASIDA BOLAJONLARGA KATTA SOVG‘A 🎄
1899-12-31 00:00:00 / Yangiliklar
🎁 YANGI YIL ARAFASIDA BOLAJONLARGA KATTA SOVG‘A 🎄

Yangi yil bayrami arafasida Baliqchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 17-sonli DMTT mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Mukammal ta’mirlash jarayonida binoning ichki va tashqi qismi yangilanib, guruh xonalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, isitish, elektr va suv ta’minoti tizimlari yaxshilandi.
Yaratilgan qulay va xavfsiz sharoitlar maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.




