Baliqchi tumani hokimi 24 nafar ogʼir toifadagi, probatsiya hisobida turuvchi yoshlarni otaliqqa oldi
2025-12-24 16:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ishlash, ularni jamiyatga faol jalb etish, hayotda oʼz oʼrnini topolmayotgan hamda turli salbiy taʼsirlarga tushib qolgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda Baliqchi tumani hokimi tumanda istiqomat qiluvchi, ogʼir toifaga kiruvchi va probatsiya hisobida turuvchi 24 nafar yoshlar bilan ochiq va yuzma-yuz muloqot oʼtkazdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan alohida suhbatlashilib, ularning mavjud muammolari, qiziqishlari hamda kelgusidagi rejalari tinglandi.
Muloqot yakunlariga koʼra, tuman hokimi 24 nafar yoshni shaxsan oʼz otaligʼiga olib, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yoʼnaltirish, taʼlim olishi va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash masalalari boʼyicha aniq chora-tadbirlar belgilab berdi. Har bir yosh kesimida manzilli ish olib borish boʼyicha topshiriqlar berildi.




