Andijon tumani hokimligi

Andijon tumani — Andijon viloyatidagi tuman, viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1962-yil 24-dekabrda tashkil etilgan. Andijon tumani viloyatning Andijon shahri, Oltinko'l, Asaka, Izboskan, Paxtaobod, Jalaquduq, Xo'jaobod va Buloqboshi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,37 ming km² Tumanda jami 77 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud. Aholi punktlari 17 tani tashkil qiladi. 2026 yil 1 aprel holatidagi doimiy aholi soni 299,9 ming kishini tashkil qilmoqda. Shu jumladan 149,9 ming erkaklar, 150,0 ayollardan iborat.
