BIRINCHI QO‘NG‘IROQ SADOLARI YANGRADI
2025-09-02 10:50:00 / Yangiliklar
Bugun Respublikaning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lgani kabi, Andijon tumanida ham 2025—2026 o‘quv yili uchun birinchi qo‘ng‘iroq chalindi. “Bilimlar kuni” munosabati bilan 52-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda Andijon tumani hokimi Bobur Yuldashev yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi.
Ushbu tadbirda tuman hokimi yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqsh kabidir! Maktabda, oilada farzandlarimizni o‘z-o‘zini emas, millatni, Vatanni sevish tuyg‘usida tarbiyalashimiz kerak! Zero, ezgu maqsadlarga yuksak ma’naviyat, muqaddas qadriyatlarimiz, uzluksiz ma’naviy tarbiya orqali erishiladi deya ta’kidlab, o‘quvchilarga puxta bilimlarni egallashlari kerakligini aytdi hamda ularga zafarlar tiladi.










