Andijon tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
2025-08-21 17:40:00 / Yangiliklar
Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev tumanimizdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlardan kelib tushgan muhim masalalar tinglandi. Jumladan ish bilan ta’minlash, o‘qish kontrakt to‘lovlarini yengillashtirish va imtiyozli kreditlar ajratish, shuningdek, bir qator dolzarb murojaatlar bildirildi.
Yoshlar tomonidan bildirgan taklif va murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltiriladi hamda ularning ijrosi yuzasidan axborot berilishi ta’kidlandi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning o‘z tashabbus va g‘oyalarini ilgari surishi, ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.










