Andijon tumanida aholi bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
2025-08-19 10:20:00 / Yangiliklar
Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev tuman aholisining muhim masalalarini muhokama qilish, ularning muammolarini eshitish va joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil qildi.
Qabul davomida turli sohalarga oid dolzarb masalalar, jumladan, maishiy xizmatlar, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalaridagi mavzular ko‘rib chiqildi. Tuman hokimi har bir fuqaroning taklif va shikoyatlariga diqqat bilan quloq solib, zarur ko‘rsatmalar berdi va mas’ul shaxslarni ish tartibga solish uchun chora ko‘rish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Bizning maqsadimiz – fuqarolarimizning hayot sifatini yaxshilash, ularning muammolariga samarali yechim topish va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishdir.
Tumanimiz aholisi bunday ochiq va samimiy muloqotdan mamnuniyat bildirib, hokimiyatning fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yuqori baholadi.










