Xalq bilan ochiq muloqot: muammolar joyida hal etildi
2025-08-06 09:30:00 / Yangiliklar
Erta tongdan Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ochiq tarzda qabul qildi.
Qabul jarayonida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, turli yo‘nalishlardagi muammolar, ayniqsa, infratuzilmani yaxshilash — ichimlik suvi, yo‘l, elektr energiyasi ta’minoti, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash hamda bir qancha muhim masalalarga doir murojaatlar tinglandi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala o‘rganilib, ularni joyida hal etish chora-tadbirlari ko‘rildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.










