Prezident topshirig‘iga asosan Andijon tumanida navbatdagi sayyor qabul.
2025-07-29 09:20:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbari barcha viloyat, shahar va tuman hokimlariga kunlik ish faoliyatini fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularga amaliy yechim topishdan boshlash zarurligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
Shu asosda bugun erta tongdan Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev boshchiligida fuqarolar va tadbirkor murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul oʻtkazdi.
Qabulda fuqarolarimizdan moddiy yordam, elektr taʼminoti, uy-joy bilan taʼminlash va boshqa turli ijtimoiy masalalar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, vaqt talab etiladiganlar uchun belgilangan muddatlar asosida ishlar olib borildi va ular to‘liq nazoratga olindi.
Yordamga muhtoj fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun ijtimoiy xizmatlar taqdim etilmoqda.










