Prezident topshirig‘iga asosan Andijon tumanida navbatdagi sayyor qabul.
2025-07-28 20:55:00 / Yangiliklar
Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev boshchiligida tuman aholisining muammolarini hal etish, ularning hayotdan roziligini taʼminlash maqsadida sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Qabulda tumandagi masʼul tashkilot rahbarlari va tumanimiz fuqarolari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar diqqat bilan tinglanib, masʼul rahbarlarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha biriktirildi. Tuman hokimi, muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishini taʼminlash zarurligini alohida taʼkidladi va har bir murojaatning ijrosi yuzasidan axborot berilishi kerakligini tushuntirdi.
Qabulda fuqarolarning aksariyat murojaatlari joyida hal etilib, aholing ehtiyojlari hamda muammolariga tezkor va samarali javob berildi. Natijada, fuqarolar o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda yurtboshimiz, viloyat va tuman rahbarlari duolar qilindi.










