Xalq deputatlari Andijon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
2025-07-28 13:20:00 / Yangiliklar
Sessiyada Andijon tumani hokimi Boburjon Yuldashev, kengash deputatlari, tashkilot va idoralar rahbarlari, tegishli xizmatlar vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Korrupsiya bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar tahlili bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
2025 yilning dastlabki ikki chorak davomida tumanda jinoyatchilikning har bir soha va turi bo‘yicha oldini olish, ularning sabab va omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Andijon tumani mahalliy byudjeti, yoshlar bilan ishlash borasidagi hisobotlar tinglandi. Sessiyada har bir yo‘nalish bo‘yicha aniqlangan muammolarni hal etish, tizimli yondashuvni kuchaytirish va aholining hayot sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.










