HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI
2026-11-18 16:00:00 / Yangiliklar

HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI
Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-sentabr kuni mahallalardagi hokim yordamchilarining bilim va malakasini oshirish, ularning faoliyat samaradorligini yanada yuksaltirish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon hamda Izboskan tumanida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
✍️ Seminar davomida ishtirokchilarga loyiha menejmenti, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning tub sabablarini tahlil qilish, aniq maqsad va natijalarga yo‘naltirilgan loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan tushunchalar berildi.
⏺Shuningdek, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan mikroloyihalarni shakllantirish masalalari amaliy misollar asosida ko‘rib chiqildi.
⏺Xususan, har bir mikroloyihaning «pasporti»ni ishlab chiqish, unda muammo, maqsad, vazifalar, hamkorlar, zarur resurslar, muddat va kutilayotgan natijalarni aniq belgilash muhimligi ta’kidlandi.
⏺Seminar yakunida hokim yordamchilarining kundalik faoliyatida loyiha asosida ishlash, belgilangan vazifalar ijrosini tizimli nazorat qilish va har bir tashabbusning aniq natijasiga erishish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 Web








